EXCLUSIVE: Al Badr masjidi | Latest Update

Koordinatalari: 43°18′01″N 5°22′48″E / 43.3002°N 5.3801°E / 43.3002; 5.3801
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Al-Badr masjidi
fransuzcha: Mosquée El-Badr
Technology news and reviews image
Mamlakat  Fransiya
Shahar Marsel
Koordinatalar 43°18′01″N 5°22′48″E / 43.3002°N 5.3801°E / 43.3002; 5.3801
Yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
  • tax. 2020-yillar (masjid sifatida)
  • 1962 (sinagoga sifatida)
Holati amaldagi
Tarovih Technology news and reviews image
Saharlik va iftorlik Technology news and reviews image


Al-Badr masjidi (fransuzcha: Mosquée El-Badr) Fransiyaning Marsel shahridagi 1-okrugida joylashgan masjiddir. Binoni 2016-yilda Al-Badr musulmonlar uyushmasi sotib olgan boʻlib, u ilgari Or Thora sinagogasi deb atalgan, shuningdek Or Tora sinogogasi ('Tavrot nuri' sinagogasi) nomi bilan ham tanilgan sobiq yahudiy sinagogasi edi[1]; u 1962-yilda pye-noirlar tomonidan tashkil etilgan.

14 rue Saint Dominique manzilidagi sobiq sinagogani sotib olishdan avval, masjid 206 Chemin Saint-Joseph à Sainte-Marthe manzilida joylashgan edi.

Sinogoga sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinagoga 1962-yilda Fransuz Jazoiridan kelgan pye-noirlar tomonidan tashkil etilgan[2][3]. U Rue Saint Dominique koʻchasida, Marsel-Sen-Sharl temir yoʻl vokzali bilan Kanebyer oʻrtasida joylashgan Afina bulvaridan ichkarida, Marselning 1-okrugida joylashgan[4].

Marselda antisemitizm kuchaygani oqibatida sinagoga faoliyati toʻxtatilgan.

Masjid sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shu bilan bir vaqtda, Al-Badr musulmonlar uyushmasi tomonidan boshqariladigan yaqin atrofdagi masjid haftalik haddan tashqari koʻp tashrifchi uchun yetarli joyga ega emas edi[1]. Sinagoga binosi 2016-yilda Al-Badr musulmonlar uyushmasiga, yaʼni musulmon tashkilotiga, 400 000 yevroga sotilgan. Uyushma uni masjidga aylantirishni[2][5][6][7] va 2016-yil holatiga koʻra, Marselda yashayotgan taxminan 220 000 musulmonning bir qismini sigʻdira olishni rejalashtirgan edi[8].

Binoni masjidga aylantirish ishlari tax. 2020-yillarda yakunlangan.

  1. 1,0 1,1 Meotti, Giulio. „Allah takes over churches, synagogues“. Egret News (2017-yil 18-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  2. 2,0 2,1 Fiorito, Jean-Jacques. „Marseille : la synagogue s'offre aux musulmans“ (fr). La Provence (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
  3. „A Marseille, une synagogue bientôt transformée en mosquée“ (fr). L'Express (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
  4. „Les Synagogues“ (fr). Consistoire de Marseille. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.[sayt ishlamaydi]
  5. „Sold Marseille synagogue to become mosque“. Jewish Telegraphic Agency (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
  6. Peyrach, Amaury. „A Marseille, une synagogue va devenir une mosquée“ (FR). Le Figaro (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
  7. Arbaoui, Larbi.. „Muslim Association Purchase Synagogue, Converts it to Mosque“. Morocco World News (2016-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  8. Kaplan, Michael.. „Muslim Population Growing In France: Marseille Synagogue To Convert To Mosque“. International Business Times (2016-yil aprel). Qaraldi: 2025-yil 8-noyabr.