SHOCKING: Al Azroqiy - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muhammad ibn Abdulloh al-Azroqiy (arabcha: محمد بن عبد الله الأزرقي‎) – IX asr islom mufassiri va tarixchisi, „Kitob Axbar Makka“ asari muallifi[1][2][3].

Al-Azroqiy uzoq asrlar davomida Makkada yashab kelgan oiladan boʻlgan. U islomdan avvalgi davrda, 603-yilda sodir boʻlgan yongʻindan soʻng qayta qurilgan Kaʼbaning tuzilishi va rejasiga oid maʼlumotlarni taqdim etgan. Bu davr paygʻambar Muhammad tomonidan 630-yilda Makka egallanguniga qadar boʻlgan davrni qamrab oladi. Kaʼbaning ichida Hubal – Makkadagi asosiy erkak butxudo haykali hamda boshqa koʻplab butparastlikka oid buyumlar mavjud boʻlgan. Ular 630-yilda islomiy aqidalarga zid boʻlgani sababli yoʻq qilingan. Shuningdek, ichkarida Ibrohim paygʻambarning oʻgʻli Ismoilning oʻrniga qurbon qilgan qoʻchqor shoxlari, Iso hamda Maryam tasvirlangan rasm (ehtimol, fresco) ham boʻlgan. Al-Azroqiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, paygʻambar Muhammad bu narsalarni saqlab qolgan va ular 683-yilda Umaviylar tomonidan buzilmagunga qadar mavjud boʻlgan. Al-Azroqiy Kaʼbaning ichki qismidagi daraxt tasvirlariga oid tafsilotlarga toʻxtalib oʻtmagan. Bunday tasvirlar „al-Qalis cherkovi“ (Sano) devorlaridagi mozaika bezaklarida uchragan, keyinchalik Umaviylar davridagi Quddusdagi „Qoya Gumbazi“, Madinadagi „Al-Masjid an-Nabaviy“ hamda Damashqdagi „Umaviylar masjidi“ning mozaik bezaklarida ham paydo boʻlgan[4].

  1. Azraqī, Muḥammad ibn ʻAbd Allāh. Kitab akhbar Makkah wa ma jaʼa fiha min al-athar. Bʹeinit: Khayats, 1964. OCLC 32149369. 
  2. Al-Azraqi. Akhbar Makka: History of Makka, 2003 — 262-bet. ISBN 9773411273. 
  3. Andoza:Emc1
  4. King, G. R. D. 2004. The Paintings of the Pre-Islamic Kaʼba. In Muqarnas: An Annual on the Visual Culture of the Islamic World, XXI, 219-230