LATEST: Al Aziz masjidi - Full Coverage

Koordinatalari: 24°29′34″N 54°23′46″E / 24.49277°N 54.39601°E / 24.49277; 54.39601
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Al-Aziz masjidi
arabcha: مسجد العزيز
Technology news and reviews image
Mamlakat  Birlashgan Arab Amirliklari
Hudud Abu-Dabi
Koordinatalar 24°29′34″N 54°23′46″E / 24.49277°N 54.39601°E / 24.49277; 54.39601

Al-Aziz masjidi (arabcha: مسجد العزيز‎) – Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan masjid. 2015-yilda Ramazon oyining boshlariga yaqin Ar-Rim orolida barpo etilgan. Abu-Dabi boʻylab qurilgan yangi masjidlar majmuasining bir qismi sifatida ochilgan. BAAdagi boshqa yirik loyihalari bilan tanilgan Architecture and Planning Group tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan[1].

Al-Aziz masjidi Abu-Dabining jadal kengayib borishi tufayli islom meʼmorchiligiga innovatsion konsepsiyalar va yangi gʻoyalarni kiritish maqsadida bunyod etilgan. Masjid uning atrofidagi bino-inshootlar bilan uygʻunlashgan holda barpo etilgan. Masjidning umumiy qiymati 65 million dirhamni tashkil qilgan[2] va Hasan Abdulloh Ismoik tomonidan moliyalashtirilgan.

Masjid uning atrofini oʻrab turgan zamonaviy binolarga mos keladigan oʻziga xos tashqi koʻrinishga ega. Umumiy maydoni 5,100 m2 (55,000 kv ft)ni tashkil etadi. Tashqi fasad LUCEM (yorugʻlik oʻtkazuvchi beton) materiali bilan qoplangan boʻlib, har biri 1800 x 1400 x 44 mm oʻlchamdagi 207 ta yoritish elementlaridan iborat[3]. Fasaddagi har bir element noyob boʻlib, birgalikda masjid uchun yaxlit tashqi koʻrinishni hosil qiladi.

Masjid minorasi ham oʻziga xos boʻlib, masjiddan toʻliq ajralgan holda qurilgan[4].

Al-Aziz masjidi 3 qavatdan iborat: yertoʻla, birinchi (pastki) qavat va ikkinchi (yuqori) qavat. Birinchi qavatda 1 050 kishini sigʻdira oladigan katta namozxona[1], imom va muazzin uchun yashash xonalari joylashgan[5]. Yertoʻlada esa alohida ikkilamchi namozxona va musulmonlar tahorat olishlari mumkin boʻlgan tahoratxonalar mavjud. Ikkinchi qavat ayollar uchun moʻljallangan namozxonani oʻz ichiga oladi.

Minora masjiddan butunlay alohida qurilgan boʻlsa-da, tashqi koʻrinishi masjid fasadiga mos ravishda bezatilgan. Minora masjidning gʻarbiy qismida joylashgan. Minoraning ichida muazzin azon aytishi uchun minoraning eng yuqori qismiga chiqishiga imkon beruvchi zinapoya mavjud.

  1. 1,0 1,1 „Al Aziz Mosque“. Al Fozan. 2024-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 22-dekabr.
  2. „Nahyan bin Mubarak opens Al Aziz Mosque on Al Reem Island, Abu Dhabi“. Emirates New Agency- WAM (2015-yil 26-iyun), s. 1.
  3. „Al Aziz Mosque | Lucem GmbH“ (en). Archello. Qaraldi: 2024-yil 25-mart.
  4. „Translucent Concrete Animates the Facade of this Abu Dhabi Mosque“ (en-US). ArchDaily (2015-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  5. „Visual Analysis of Al Aziz Mosque (Pages“ (en). issuu. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.