JUST IN: Akobir Adhamov - What You Need To Know
| Akobir Adhamov | |
|---|---|
| Tavalludi |
4-sentyabr 1928-yil Samarqand, Samarqand okrugi, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Vafoti |
12-noyabr 1993-yil (65 yoshda) Dushanbe, Tojikiston |
| Fuqaroligi |
|
| Sohasi | Fizika |
| Ish joylari | Tojikiston fanlar akademiyasi |
| Taʼlimi | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universiteti |
| Mashhur shogirdlari | Saidmuhammad Odinayev |
| Mukofotlari |
|
Akobir Adhamov (1928-yil 4-sentyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1993-yil 12-noyabr, Dushanbe, Tojikiston) – fizik, Tojikiston fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akobir Adhamov 1928-yil 4-sentyabr kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1949-yil Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. 1953-yil esa Moskva davlat universitetini tugatgan. Akobir Adhamov 1954-yildan 1965-yilgacha Tojikiston davlat universitetining fizika-matematika fakultetida katta oʻqituvchi sifatida faoliyat olib borgan. 1965-yildan 1966-yilgacha Tojikiston milliy universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori boʻlgan. 1966-yildan 1968-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasi huzuridagi fizika institutida direktor sifatida faoliyatini davom ettirgan. Akobir Adhamov 1976-yildan 1984-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasi huzuridagi kimyo akademiyasini boshqargan[3].
Akobir Adhamov SSSR Fanlar akademiyasining ultratovush muammolari boʻyicha tuzilgan ilmiy kengash aʼzosi edi. Shu bilan birgalikda, Tojikiston fanlar akademiyasining amaliy muammolar boʻyicha tuzilgan ilmiy kengash raisi boʻlgan. U „Sovet-tojik ensiklopediyasi“ ilmiy tahririyati bosh kotibi edi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akobir Adhamov fizika fanidan 1954-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1964-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Tojikiston davlat universitetida kvant elektronikasi, ultratovushning suyuqliklarda tarqalishi, elastik moddalarning kinetik nazariyasi hamda potensial energiyani aniqlash boʻyicha izlanishlar olib borgan. Akobir Adhamov 100 ga yaqin ilmiy ishlar va maqolalar muallifidir.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akobir Adhamov „Shon-sharaf ordeni“, „Lenin ordeni“, „Mehnat faxriysi“ ordenlari va yana bir qancha mukofotlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Akademiyai ilmhoi Ҷumhurii Toҷikiston. Hayati shaxsӣ. – Dushanbe: Donish, 2011. – 216 s.
- ↑ „Акобир Адҳамович Адҳамов“. 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Akobir Adxamov ijodiy“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1928-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 12-noyabrda vafot etganlar
- 1993-yilda vafot etganlar
- Dushanbeda vafot etganlar
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Mehnat faxriysi medali sohiblari
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari
- SSSR fiziklari
- Sovet professorlari
- Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari