LEAKED: Ahmad A%CA%BCzam - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmad Aʼzam
Technology news and reviews image
Tavalludi 28-iyun 1949-yil
Vafoti 4-yanvar 2014-yil(2014-01-04)
(64 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
Veb-sayti
http://ahmadazam.uz/

Ahmad Aʼzam – taniqli yozuvchi, adabiy tanqidchi, ssenarist va telejurnalist. 1949-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yilda Samarqand davlat universitetining Oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini tamomlab, Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish faoliyatini boshlagan. Keyinchalik, „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiya boʻlimida, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritgan. Keyinchalik siyosiy hayotga ham qoʻshilgan boʻlib, „Birlik“ xalq harakati hamraisi va „Erk“ demokratik partiyasining bosh kotibi boʻlgan. 1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida faoliyat koʻrsatgan[1].

1995-yildan boshlab Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori va Oʻzbektelefilm studiyasining rahbari lavozimlarida ishlagan. Oʻzbekiston televideniesida bir qancha koʻrsatuvlar va hujjatli filmlarni yaratgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“ va „Toʻrtinchi hokimiyat“.

Adabiy merosiga nasriy asarlar, jumladan, „Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan odam“ va „Hali hayot bor“ kabi romanlar kiradi. Bundan tashqari, „Mas’ul soʻz“ nomli adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplami hamda „Oʻzi uylanmagan sovchi“, „Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar“ romanlari ham chop etilgan. Ahmad Aʼzam 2014-yilning 4-yanvar kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

  1. „Ahmad A’zam (1949-2014)“. ziyouz.com. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.