URGENT: Accidental Occidental - What You Need To Know
| Muallif(lar) | Lajos Bokros |
|---|---|
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | iqtisod |
| Nashr etilgan sanasi | 2013 |
| Nashriyot | Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti |
| Sahifalar soni | 204 |
| ISBN | ISBN 978-615-5225-24-6 |
„Accidental Occidental“, toʻliq nomi: „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area“ (tarjimasi „Tasodifiy Gʻarb: Markaziy Yevropa, Boltiq hamda Bolqon hududlarida oʻtish iqtisodi va madaniyati“) — mojar iqtisodchisi va siyosatchisi Lajos Bokros qalamiga mansub markaziy rejalashtirish iqtisodidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish boʻyicha kitob. 2013-yil Budapesht shahrida Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan. Asarda Bokros liberal qarashlarni ilgari surilgan[1][2].
Asarda oʻtishning toʻqqiz elementi, xususan, biznes sektorini liberallashtirish, makroiqtisodiy stabillashtirish, xususiylashtirish, moliyaviy sektor, shirkatlarni islohot qilish, moliyaviy sektorlarni boshqarishni oʻzgartirish, davlat finansini boshqarish, shahar/hududiy hukumatlar hamda yuridik islohotlar koʻrib chiqilgan.
Boʻlimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kommunizm yigirmanchi asrdagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum sifatida
- Markzaiy hamda Sharqiy Yevropada bozor va demokratiyaga oʻtish
- Yigirma birinchi asrga oʻtish
Taqrizi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sasseks universiteti xodimi Alan Mayhew kitobga yozgan taqrizida uni oʻtish iqtisodiyoti boʻyicha adabiyotga yaxshi qoʻshimcha deya ijobiy baholadi[1]. Ayni damda, muhim tushuncha va maʼlumotlar kitobning asosiy qismi emas, izohlardan oʻrin olganini tanqid qildi. Aberystwyth universiteti xodimi Ira Bliatka esa muallif ochiqchasiga Gʻarbiy kapitalizm va qadriyatlarni yoqlab, kolonialist argumentlarni ilgari surgani asarning asosiy kamchiligi ekanligini taʼkidladi[2]. Shuningdek, asarda tarixiy hodisalar va maslahatlar qorishib ketganini tanqid qildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Mayhew, Alan (2014). „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area. By Lajos Bokros. Budapest: Central European University Press, 2013. xii, 192 pp. Notes. Bibliography. Index. $55.00, hard bound“. Slavic Review (inglizcha). 73-jild, № 01. 180–181-bet. doi:10.5612/slavicreview.73.1.0180.
- ↑ 2,0 2,1 Bliatka, Ira (14-sentabr 2015-yil). „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area“. Europe-Asia Studies (inglizcha). 67-jild, № 8. 1333–1334-bet. doi:10.1080/09668136.2015.1076111.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Accidental Occidental“ Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti saytida (Wayback Machine saytida 2017-01-12 sanasida arxivlangan)
| Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |