SHOCKING: Aaron Alfandari - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aaron ben Moses Alfandari (taxminan 1700 — 1774-yil, Xevronda) (ibroniycha: אהרן אלפנדארי‎) Smirnada tugʻilgan Talmudshunos yozuvchidir. U qarilik chogʻida Isroil yurtiga (oʻsha paytda Usmonli Suriyasi) hijrat qiladi va u yerda CHIDA nomi bilan tanilgan Xayim Yosef Dovid Azulay bilan uchrashadi. CHIDA oʻzining Shem HaGedolim kitobida „Muqaddas Xevron shahrida, shayxning qarilik chogʻida u zot bilan uchrashish, uning nuridan bahramand boʻlish baxtiga muyassar boʻldim…“ deb yozadi[1]. Rabbon Alfandari CHIDA tomonidan unga xorijiy mamlakatlarda yahudiy jamoasini vakillik qilish vakolatini beruvchi hujjatlarga imzo chekkan birinchi shaxs boʻlgan[2]. CHIDA uni Xevrondagi qadimgi yahudiy qabristonida dafn etilgan donishmandlar qatorida sanab oʻtadi. Bugungi kunda qabristondagi lavhada uning ismi roʻyxatda koʻrsatilgan boʻlsa-da, aynan qaysi qabr unga tegishli ekani Iordaniya boshqaruvi davrida yoʻqolib ketgan[3].

U quyidagi ikki asar muallifidir:

  • Yad Aharon (Horun qoʻli), Tur Oraḥ Ḥayyim ga yozilgan izohlar toʻplami (uning birinchi qismi 1735-yilda Smirnada, ikkinchi qismi 1791-yilda Salonikida nashr qilingan) hamda Tur Even ha-Ezer ga (Smirna, 1756–66) yozilgan izohlar
  • Mirkebet ha-Mishne (Ikkinchi arava), Maymonidning Yad ha-Hazaka asarining birinchi qismiga bagʻishlangan risola.

U 1774-yilda Xevronda vafot etgan. Uning nabirasi Isaac Ardit 1836-yilda Salonikida nashr etilgan Yeqar ha-Erek asarida unga bagʻishlab marsiya yozgan.

  1. Azulai, Hayyim Joseph David. Shem ha-gedolim. Vienna: Verlag von J. Schlesinger's buchhandlung, 1864 — 33-bet. 
  2. Schisha Halevi, Avraham (October 1962). Chavel, Rabbi Charles B.. ed. "A letter of recommendation for Chayim Yosef Azulai, from the year 5532, with introduction and notes by A. Schisha". Hadorom (Rabbinical Council of America) 16: 105–111 (109). https://www.hebrewbooks.org/pdfpager.aspx?req=28505&st=&pgnum=196&hilite=. 
  3. „Ancient Jewish Cemetery Attracts Modern Spiritual Seekers to Hebron“ (en). the Jewish Community of Hebron (2016-yil 29-may). Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.