TRENDING: ASUNARO - Complete Analysis
| Turi | NNT, NPO (De-fakto) |
|---|---|
| Maqsadi | Yoshlar huquqlari, Talabalar huquqlari |
| Aʼzolari | 9000 dan ziyod |
| Vebsayti | asunaro.or.kr |
| Janubiy Koreya | |
ASUNARO: Koreya yoshlar huquqlari harakati (koreyscha: 청소년인권행동 아수나로), qisqacha Asunaro – Janubiy Koreyadagi yoshlar huquqlari tashkiloti[1]. Tashkilot 2004-yilda „Asunaro: Yoshlar huquqlari tadqiqot forumi“ nomi bilan tashkil etilgan, 2006-yil fevralida hozirgi nomini olgan[2].
Asunaro teng, demokratik jamiyat qurishni maqsad qilganligi uchun uning markaziy boʻlinmalari yoki vakillari yoʻq. Turli guruhlar mamlakat miqyosida ish olib boradi, biroq ular Asunaroni tabaqalashtirishmagan va har kim bu guruhlarda ishlashi mumkin. Zarurat tugʻilganda, vakillar saylanadi.
Asunaro Janubiy Koreya taʼlim tizimida talabalarning uzoq oʻqish soatlari haqidagi oʻz tanqidlar bildirgan[3]. Tashkilot 2021-yilda LGBT huquqlari haqidagi Human Rights Watch hisobotiga maʼlumot taqdim etgan[4]. 2022-yilda Asunaro Ukrainaga Rossiya bostirib kirish holatini qoralagan bayonotni qoʻllab-quvvatlagan[5].
2024-yil dekabrda Prezident Yun Suk-Yolning harbiy holat eʼlon qilganidan soʻng, Asunaro va Jieum yoshlar huquqlari tashkiloti „Milliy inqiroz deklaratsiyasi“ nomli petitiyani boshlab, Yunni impichment qilishga chaqirgan. Petitiyani 123 ta tashkilot va 52 mingdan ortiq kishi imzolagan[6].
Hozirda tashkilotda 6 ta mahalliy filial (Gvanju, Pusan, Seul, Suvon, Incheon, Changvon filiallari) 4 ta yarim filial (Gumi, Daejon, Sungnam, Ulsan yarim filiallari) va bir qancha mahalliy jamoalar mavjud.
„Asunaro“ nomi Ryu Murakamining „Kibō no Kuni no Exodus“ romanidagi xayoliy yoshlar tashkilotidan olingan[2].
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asunaro 2009-yilda „Meo-Pi-In“ (ISBN 9788991402317) nomli yoshlar huquqlari haqida kitob nashr etgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ben, Hancock. „(Yonhap Feature) Young activists risk future in breaking from 'oppressive' school system“ (2008-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 Ahn, Suchan. „ko:10대 정치, 엄숙함 벗고 발랄 진화 중“ (Korean) (2010-yil 23-aprel). Qaraldi: 2014-yil 26-mart.
- ↑ Um, Ji-won „If S. Korean students were workers, they’d be way into overtime“ (ko). Hankyoreh. Qaraldi: 2025-yil 24-aprel.
- ↑ "“I Thought of Myself as Defective”" (en). Human Rights Watch. 2021-09-14. https://www.hrw.org/report/2021/09/14/i-thought-myself-defective/neglecting-rights-lgbt-youth-south-korean-schools.
- ↑ „South Korean NGOs: Stop the War in Ukraine! Give Peace a Chance!“ (en). War Resisters' International. Qaraldi: 2025-yil 24-aprel.
- ↑ Joon-hyun, Moon „Korean youth to adults: 'Do what you taught us'“ (en). The Korea Herald (2024-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 24-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Asunaro vebsayti (koreyscha)