REPORT: 2021 yilgi UEFA Superkubogi - Complete Analysis
| |||||||
| Penaltilar seriyasidan soʻng „Chelsea“ 6-5 hisobida gʻalaba qozondi | |||||||
| Sana | 2021-yil 11-avgust | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin oʻtkazilgan joy | Windsor Park, Belfast | ||||||
| Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi | Gerard Moreno (Villarreal)[1] | ||||||
| Hakam | Sergei Karasev (Rossiya)[2] | ||||||
| Tomoshabinlar soni | 10,435 | ||||||
| Ob-havo |
Bulutli 18 °C (64 °F) 59% namlik[3] | ||||||
← 2020 2022 → | |||||||
2021-yilgi UEFA Superkubogi UEFA tomonidan 46-marotaba tashkil etilgan, Yevropaning ikkita asosiy musobaqasi, UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa Ligasi gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladigan mavsumiy turnir. Uchrashuvda 2020-2021-yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan Angliyaning „Chelsea“ hamda ushbu mavsumda UEFA Yevropa ligasi gʻolibiga aylangan Ispaniyaning „Villarreal“ klublari oʻzaro kuch sinashdilar. Uchrashuv 2021-yilning 11-avgust sanasida Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi Windsor Park stadionida boʻlib oʻtdi.
Oʻyinning asosiy vaqti hamda qoʻshimcha vaqtlarda 1-1 hisobi qayt etilgach, penaltilar seriyasida „Chelsea“ klubi 6-5 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyin haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Chelsea" oʻyinning 27-daqiqasida hisobni ochdi Kai Havertzning chap tomondan pastlatib uzatgan toʻpini Hakim Ziyech 7 metr masofadan darvozaga joylab qoʻydi. Tanaffus arafasida esa Ziyech yelkasidan olgan jarohati sababli zaxiraga olindi. Alberto Morenoning birinchi boʻlim yakuniga yaqin bergan zarbasi esa darvoza toʻsiniga tegib qaytdi. 73-daqiqada „Villarreal“ hisobni tenglashtirdi. Boulaye Dianing oʻng qanotddan amalga oshirgan uzatmasini Gerrard Moreno darvozaning chap burchagiga joylab qoʻydi[4]. Oʻyin qoʻshimcha boʻlimga qadar davom etdi. „Chelsea“ soʻnggi daqiqalarda darvozabon Édouard Mendy oʻrniga Kepa Arrizabalagani maydonga tushirdi. Oʻz navbatida ispaniyalik darvozabon penaltilar seriyasidagi 2ta zarbani qaytargan holda jamoasining gʻalabasini taʼminladi[5].
Tavfsilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]UEFA Chempionlar ligasi gʻolibi sifatida tashrif buyurgan jamoa mezbon sifatida qayd etiladi.
| Chelsea | 1–1 (Q.v) | |
|---|---|---|
|
Hisobot |
|
| Penaltilar seriyasi | ||
| 6–5 | ||
Chelsea[3]
|
Villarreal[3]
|
|
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi:
Gerard Moreno (Villarreal)[1]Yordamchi hakam:[2] Igor Demeshko (Rossiya) Maksim Gavrilin (Rossiya) Toʻrtinchi hakam:[2] Aleksei Kulbakov (Belorusiya) Zaxira yordamchi hakami:[2] Filippo Meli (Italy) Video assistant referee:[2] Marco Fritz (Germaniya) Video assistant referee yordamchisi:[2] Paweł Gil (Polsha) Massimiliano Irrati (Italiya)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|