ANNOUNCED: 2006 yilgi Qishki Olimpiada o%CA%BByinlari
2006-yilning 10—26-fevral sanasida Italiyaning Pemontning poytaxti Turin shahrida XX Qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Bu Italiyadagi ikkinchi Qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib, birinchisi 1956-yilda Kortin-d’Ampesso oʻtkazilgan. Olimpiya oʻyinlari tugaganidan 11 kun oʻtib, Turin IX qishki Paralimpiya o‘yinlariga (10 dan 19 martgacha) ham mezbonlik qildi.
Saylovlar va inshootlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turin 1999-yilda Seulda oʻtkazilgan XOQning 109-sessiyasida XX qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi shahar sifatida tanlangan. Olimpiadani oʻtkazish huquqiga daʼvogarlar orasida Turindan tashqari Syon (Sankt-Moris (Shveysariya bilan), Zakopane (Krakov va Nova-Targ bilan) (Polsha), Poprad-Tatra (Slovakiya), Xelsinki (Laxti va Lillexammer bilan) (Finlandiya/Norvegiya) va Klagenfurt (Tarvizio, Kortina-d’Ampesso, Lyublyanoy va Planisey (Avstriya/Italiya/Sloveniya) chekkalari bilan birgalikda Turin yakuniy ovoz berishda 53 ta ovoz bilan gʻalabaga erishadi. Sion 36 ovoz qarshi ovoz bilan qoladi.
65 ta sport maydonchalari, stadionlar qurildi, transport infratuzilmasi (Turinda Olimpiada uchun metropoliten noldan boshlab barpo etilgan va ochilgan), atletikachilar va jurnalistlar uchun sport chekka maydonlari yaratildi. Ushbu inshootga jami 1,7 milliard yevro sarflangan.
Eng muhim sport maydonchalari:
- Olimpiya stadioni
- 5 ta sport arenasi (3 ta yangi, 2 ta rekonstruksiya qilingan): Palazzo a Vela (short-trek va figurali uchish uchun), Torino Esposizioni (xokkey uchun)
- Oval Lingotto (konkida uchish maydoni)
- Turin, Bardonekkye i Sestriyer Olimpiya qishloqlari.
- Figurali uchish uchun Pinerolodagi birinchi muz stadioni (taʼmirlangan va kengaytirilgan).
- Torre Pellicyedagi yangi stadion (xokkey stadioni);
- di Pragelato;
- Canno-bobsley trassasi Chezana-Pariolda
Ochilish marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlari 10 fevral sanasida Italiya prezidenti Karlo Adzelio Champi tomonidan tantanali ravishda ochiladi. Sportchilar nomidan Olimpiya qasamyodini togʻ changʻi sportchisi Jorjio Rokka, hakamlar nomidan Fabio Byanketti eʼlon qiladi. Olimpiada mayogʻini yoqish huquqi changʻi sporti boʻyicha ikki karra Olimpiya chempioni Stefaniya Belmondoga topshiriladi.
Mazkur ochilish marosimi paytida Jakomo Puchchinining „Turandot“ operasidan „Nessun dorma“ ariyasini ijro etgan mashhur italyan opera xonandasi Luchano Pavarottining soʻnggi chiqishi boʻladi.
Ushbu Olimpiya oʻyinlarida dunyoning 80 mamlakatidan 2663 nafar sportchilar (1627 nafar erkaklar, 1006 nafar ayollar) ishtirok etib, ular 15 ta sport turi yaʼni biatlon, bobsley, changʻida ikki kurash boʻyicha, kyorling, fristayl, xokkey, figurali uchish, konkida yugurish sporti, changʻida tramplindan sakrash, tog‘ chang‘i sporti, changʻi poygasi, short-trek, skeleton, chana sporti, snoubord boʻyicha 84 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi. Bu Olimpiadada 650 nafar xalqaro toifadagi haqamlar jonbozlik koʻrsatishadi.
Olimpiyachilar Turin, Sestriyer va Bardonekkyadagi uchta Olimpiya qishlogʻiga joylashtirilgan.
Sport turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Ishtirokchi-mamlakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu Olimpiyadada 80 ta mamlakatlardan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishadi. Qishki oʻyinlar uchun rekord oʻrnatildi. Efiopiya va Madagaskar ilk marta qishki Olimpiya oʻyinlarida koʻrinish beradi.
Kulrang: ishtirok etmaydi;
Yashil: 1-9 sportchi;
Moviy: 10-49 sportchi;
Apelsin: 50-99 sportchi;
Qizil: 100 dan ortiq sportchilar.
| 52x52px | Medallarning umumiy soni | Jumi | |||
|---|---|---|---|---|---|
| Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | |
| 1 | 11 | 12 | 6 | 29 | |
| 2 | 9 | 9 | 7 | 25 | |
| 3 | 9 | 7 | 7 | 23 | |
| 4 | 8 | 6 | 8 | 22 | |
| 5 | 7 | 10 | 7 | 24 | |
| 6 | 7 | 2 | 5 | 14 | |
| 7 | 6 | 3 | 2 | 11 | |
| 8 | 5 | 4 | 5 | 14 | |
| 9 | 5 | 0 | 6 | 11 | |
| 10 | 3 | 2 | 4 | 9 | |
| 3 | 2 | 4 | 9 | ||
| Jumi | 84 | 84 | 84 | 252 | |