URGENT: 1 Utama - The Verge Report

Koordinatalari: 3°08′53.34″N 101°36′57.03″E / 3.1481500°N 101.6158417°E / 3.1481500; 101.6158417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
1 Utama
Technology news and reviews image
1 Utama savdo markazi
Muqobil nomlari One Utama, 1U, OU[1]
Umumiy maʼlumot
Maqomi Qurib bitkazilgan
Turi Savdo markazi
Tasnifi Zamonaviy meʼmorchilik
Joylashuvi Bandar Utama
Manzili 1, Lebuh Bandar Utama
Shahar Petaling Jaya
Mamlakat Malayziya
Koordinatalar 3°08′53.34″N 101°36′57.03″E / 3.1481500°N 101.6158417°E / 3.1481500; 101.6158417
Qurilishi boshlangan 1995-yil sentyabr (ochilgan)[2]
Qurilishi tugagan 2011-yil iyun (taʼmirlangan)[3]
Narxi RM 89 million[3]
Taʼmirlash narxi RM 160 million[3]
Egasi Bandar Utama City Centre
Binoning ichki maydoni 2,190,000 kv ft (203,000 m2)
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi See Hoy Chan Holdings
Mukofotlar EdgeProp Malaysiaʼs Best Managed Property Awards 2019
1utama.com.my [4]
1 Utama

1 Utama[1] – Malayziyaning Selangor shtatidagi Bandar Utama hududida joylashgan ulkan savdo markazi. Umumiy maydoni 5 590 000 (kvadrat fut) 519 000 m² ni tashkil etadi. Markazda 713 ta savdo doʻkoni faoliyat yuritadi. U Malayziyaning eng yirik savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Savdo markazi 2022-yilgacha dunyodagi eng katta savdo markazlari orasida yettinchi oʻrinda boʻlgan. 2022-yilda uning oʻrnini Putrajayadagi IOI City Mall egallagan[2]. Savdo markazining birinchi bosqichi, hozirda „Eski qanot“ deb ataladigan qismi, 1995-yilning sentyabr oyida oʻz faoliyatini boshladi. Xaridorlar oqimining koʻpayishi va savdo maydonlariga boʻlgan talabning oshishi natijasida, 2003-yilda „Yangi qanot“ nomi bilan ikkinchi bosqich qurib bitkazildi.

2018-yilda 1 Utama E binosi qoʻshilishi bilan qoʻshimcha 592 015 (kvadrat fut) 55 000,0 m² maydon kengaytirildi. Hozirda majmua bir nechta savdo hududlari, restoranlar, kafelar, sport inshootlari, yomg’irli o‘rmon hududi va mahalliy hamda xalqaro yoʻnalishlarni qamrab olgan avtovokzalni oʻz ichiga oladi. Hozirgi asosiy yirik ijarachilar qatoriga AEON Department Store and Supermarket, Jaya Grocer va Parkson universal doʻkonlari kiradi. Savdo markazida avvallari Singapur brendi Tangs[5], yapon universal doʻkoni Isetan[6], shuningdek, 1996-yilda Malayziyada ochilgan birinchi IKEA doʻkoni faoliyat yuritgan. Savdo markazi bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, EdgeProp Malayziya Best Managed Property Awards 2019 tanlovida chakana savdo toifasida Oltin mukofot, 2006—2007-yilgi Retail World Excellence Awardsda „Yilning eng yaxshi savdo majmuasi“ uchun Platina mukofoti[7].

Technology news and reviews image
1 Utamadagi yomgʻir oʻrmoni.

1 Utama savdo markazi 203 000 kvadrat metr (2 190 000 kvadrat fut) chakana savdo maydoniga ega[4]. Uning tarkibidagi 713 ta doʻkon turli iqtisodiy qatlamlarga moʻljallangan boʻlib[2], AEON va Parkson kabi yirik universal doʻkonlardan tortib, yuqori darajadagi xalqaro brendlargacha, shuningdek, Food District ovqatlanish majmuasi, Din Tai Fung, KFC, McDonald’s, Texas Chicken, Dunkin' Donuts va Carl's Jr. kabi koʻplab restoranlarga qadar keng turdagi ijarachilarni birlashtiradi. Majmuada ikkita yirik kinoteatr tarmogʻi — TGV Cinemas va GSC ham mavjud[1].

Bu savdo markazi avval Malayziyaning birinchi IKEA doʻkoni Cold Storage, Cold Storage supermarketi[8], MPH Bookstores kitob doʻkoni va Isetan universal doʻkonini ham oʻz ichiga olgan[9]. 1 Utama savdo bilan cheklanmay[10], omma uchun bir qator sport va koʻngilochar imkoniyatlarni taklif qiladi, jumladan, bouling zali, Beysbol mashq qafasi[11], toqqa chiqish devori[12], syorfing havzasi[13] va parashyutdan sakrash uchun sunʼiy shamol tunneli kiradi. Savdo markazining ichida joylashgan tropik yomgʻirli oʻrmon 2003-yil 25-oktabrda barpo qilingan. Uni yaratish uchun yaqin atrofdagi oʻrmondan Tabebuia rosea daraxti qazib olinib, majmuaga olib kelingan va shu orqali asosiy „baldax“ (oʻrmon tomi) shakllantirilgan. Shuningdek, butazor qatlamini hosil qilish uchun Alocasia, yovvoyi banan, Johanesteijsmannia, Aglaonema va Phyllagathis kabi yana 200 dona turli oʻziga xos oʻsimlik koʻchatlari ekilgan. Mazkur ichki oʻrmon 2003-yil noyabr oyida jamoatchilik uchun ochilgan. 2019-yil holatiga koʻra, savdo markaziga yiliga 33 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi va eng yuqori tirbandlik odatda bayram mavsumlarida kuzatiladi[14].

Savdo markazida ikki marotaba yongʻin sodir boʻlgan. Birinchi yongʻin 2013-yil 25-fevralda bolalar oʻyin maydonchasi jihozlari doʻkonidagi saqlash xonasidan boshlangan va butun binoda elektr taʼminotining uzilishiga sabab boʻlgan[15]. Ikkinchi yongʻin esa 2014-yil 11-iyulda yuz bergan; u ovqatlanish hududlaridan birining oshxonasida boshlangan. Har ikki yongʻin kichik miqyosda boʻlgan va hech qanday talafotlar qayd etilmagan[16].

  1. 1,0 1,1 1,2 Kaur, Kirat. „1U vs OU: How did 1 Utama shopping centre get its name?“. The Rakyat Post (2019-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 Yee Hoong, Chai. „Keeping up with changing trends“. The Edge (2017-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 „1 Utama RM160mil makeover, more cinemas and Jusco Supermarket to relocate“. NBC Business News & Tax (2011-yil 6-iyun). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  4. 4,0 4,1 Ng, Shawn. „A mall that embraces change for growth“. The Edge (2019-yil 26-aprel). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  5. „Tangs picks 1Utama for third store - Central - New Straits Times“ (2011-yil 14-noyabr). 2011-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  6. „Isetan 1 Utama To Close Down Next Year After 10 Years“ (en-US). Hype Malaysia (2021-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  7. Jayaraj, Jayagandi. „1 Utama is best shopping complex“. The Star (2006-yil 10-aprel). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  8. „MPH Bookstore in 1 Utama closes down after 15 years“. The Edge (2018-yil 8-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  9. „Isetan announces closure of 1 Utama outlet after 10 years of operations“. Malay Mail (2021-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
  10. „Rolling time for media, athletes“. The Star (2005-yil 1-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  11. Michael, Stuart. „Baseball treat for members of media“. The Star (2006-yil 26-aprel). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  12. Siok Hui, Leong. „A work of art“. The Star (2005-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  13. Tey, Kelly. „Go surfing and skydiving at 1Utama“. The Star (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  14. Jayaraj, Jayagandi. „Festive shoppers causing traffic congestion at all hours“. The Star (2010-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  15. Camoens, Austin. „Power outage and small fire trigger panic at 1 Utama shopping mall (Update)“. The Star (2013-yil 25-fevral). 2013-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  16. Yunus, Akil. „Fire in 1 Utama food court, causes morning crawl along LDP“. The Star (2014-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 8-mart.