1994-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 1994-yil 18-may kuni boʻlib oʻtgan boʻlib, Italiyaning Milan va Ispaniyaning Barselona klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan final oʻyini. Oʻyinda Milan oʻyinchilari ispanlarning darvozasiga javobsiz toʻrtta gol kiritib gʻalaba qozonishadi.
Milan oʻzining odatiy, oq formasida maydonga tushgan boʻlsa, ularning raqibi Ispaniyaning „Barselona“ jamoasi koʻk-anorrang libosda harakatlangan. Birinchi boʻlimning 22-daqiqasida Dejan Savićević oʻng qanotdan yorib kirib yuqoridan jarima maydoniga uzatma amalga oshiradi va Daniele Massaro ochiq qolgan darvozaga toʻpni kiritib hisobni ochadi. 45-daqiqada Roberto Donadonining uzatmasidan soʻng Daniele Massaro hisobni 2-0 koʻrinishiga keltiradi[2].
„Barselona“ futbolchisi Miguel Ángel Nadal yoʻl qoʻygan jiddiy xatodan soʻng, Dejan Savićević toʻpni tezkorlik bilan Andoni Zubizarretaga yetkazadi va u hisobni yirik koʻrinishga keltiradi. Oʻyindagi oxirgi golni fransiyalik Marcel Desailly kiritadi. Marcel Desailly ikki marotaba ketma-ket turli xil klublarda UEFA Chempionlar ligasini yutgan ilk futbolchiga aylanadi. Bungacha u Marsel bilan 1993-yilda kubokni yutgan edi[3].
Quyidagi jadvalda 1992-yilgacha Yevropa kubogi finalida ishtirok etgan yillar belgilgangan. 1993-yildan boshlab Turnir oʻz nomini Chempionlar ligasiga oʻzgartiradi.
Team
Oldingi finaldagi ishtiroklar (Qalin yozuv gʻoliblikni anglatadi)