URGENT: %C3%87inili masjidi - The Verge Report
| Masjid | |
| Masjidning old tomondan koʻrinishi (shimoli-gʻarbiy tomoni) | |
| Mamlakat | |
| Shahar | Istanbul |
| Joylashuvi | Üsküdar |
| Koordinatalar | 41°01′11.5″N 29°1′45.1″E / 41.019861°N 29.029194°E |
| Meʼmoriy uslub | Usmoniylar meʼmorchiligi klassik uslubi |
| Binokorlik | 1640-yil—1641-yil |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
Çinili masjidi (turkcha: Çinili Cami) – Turkiyaning Istanbul shahri, Üsküdar tumanidagi XVII asrda qurilgan Usmoniylar masjidi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Kösem Sulton[a] buyrugʻiga asosan milodiy 1640–1641-yillarda (hijriy 1050) qurilgan[1][2]. Masjid vaqfi 1651-yilda Kösem Sulton homiyligida Katta bozor yaqinida qurilgan yirik karvonsaroy – Buyuk Valide Xondan tushgan daromadlarni oʻz ichiga olgan[3].
Masjid 2018-yilda qayta taʼmirdan oʻtkazilgan[4].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning zali kvadrat shaklda qurilgan boʻlib, ustki qismi gumbaz bilan qoplangan[5]. Gumbazning diametri taxminan 9 metr (30 ft)[6]. Tashqi tomondan masjid uch tomondan tomi qiyaroq ayvon bilan qoplangan. Bino joylashgan yer nishabli boʻlgani uchun baland supa ustiga qurilgan[5]. Masjid minorasi keyinchalik Usmoniylar meʼmorchiligining barokko uslubida yaratilgan boʻlib, balkonidagi konsollar oʻyma akant barglari bilan bezatilgan[7].
Masjidning ichki qismi nisbatan sodda qurilgan boʻlib, uning eng diqqatga sazovor jihati devorlarning katta qismini qoplagan keng koʻlamli koshin bezaklaridir. Shu boisdan ham masjid „Koshinli masjid“ (Çinili Cami) nomini olgan[8][9][10]. Koshinlar Usmoniylar imperiyasida chinni ishlab chiqarish boʻyicha muhim markazlardan boʻlgan Kütayha shahridan keltirilgan[8]. Koshinlar Usmoniylar meʼmorchiligi sanʼatining klassik davrini oʻzida aks ettiradi va bu uslubning soʻnggi muhim namunalaridan biri hisoblanadi[11]. Bu davrga kelib, XVI asrga oid koshinlarda uchraydigan turli shakl va ranglardan nisbatan kamroq foydalanilgan[9] va, asosan koʻk, firuza va kulrang ranglardan iborat kichikroq shakl va bezaklardan qoʻllanila boshlangan[9][11]. Bundan tashqari, derazalar ustidagi koshinli yoysimon panjaralarda ham qoʻshimcha yozuvlar mavjud[10]. Masjid minbari marmardan yasalgan, oltin, qizil va yashil boʻyoqlar bilan ishlov berilgan oʻymakorlik naqshlari bilan bezatilgan[10].
- Masjidning ichki qismi
Majmua (külliye) masjiddan tashqari favvora (shodirvon), madrasa, boshlangʻich maktab (mektep) va hamomni ham oʻz ichiga oladi[12][13][14]. Favvoraning ustki qismi tom bilan qoplangan[15]. Madrasa hududning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan va madrasaga ajratilgan yer maydonining kichikligi tufayli noodatiy uchburchak reja asosida qurilgan. Uning yonida, masjidning qibla devori (janubiy-sharqiy devori) ortida sisterna joylashgan[15]. Kichik gumbazli boshlangʻich maktab majmua devorlaridan tashqarida joylashgan. Hammom esa biroz janubi-gʻarbiy tomonda joylashgan kattaroq inshoot hisoblanadi[12]. Hammom ikki qismdan iborat boʻlib, u yerda erkaklar va ayollar foydalanishi uchun alohida-alohida boʻlimlar mavjud[13].
- Kompleksning boshqa tuzilmalari
- Masjid uchastkasi yaqinida joylashgan majmua hammomi]]
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ U sulton Ahmad Ining (vafoti: 1617) va sulton Murod IV (vafoti: 1640) Ibrohim I ning (d. 1648) onasi, Volida Sulton hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kayaalp, Pinar. The Empress Nurbanu and Ottoman Politics in the Sixteenth Century: Building the Atik Valide (en). Routledge, 2018 — 103-bet. ISBN 978-1-351-59661-9.
- ↑ Kuban, Doğan. Ottoman Architecture (en). Antique Collectors' Club, 2010 — 384-bet. ISBN 9781851496044.
- ↑ Duranti, Andrea „A Caravanserai on the Route to Modernity: The Case of the Valide Han of Istanbul“, . The Bazaar in the Islamic City: Design, Culture, and History Gharipour:. Oxford University Press, 2012 — 229–250-bet. ISBN 9789774165290.
- ↑ „Tarihi Çinili Camii Restore Edilerek İbadete Açıldı“. T.C. Diyanet İşleri Başkanlığı – İstanbul Müftülüğü (2018-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture (en). New York: Thames & Hudson, 1971 — 351-bet. ISBN 0500274290.
- ↑ Kuban, Doğan. Ottoman Architecture (en). Antique Collectors' Club, 2010 — 384-bet. ISBN 9781851496044.
- ↑ Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: The Classic Guide to the City, Revised (en), Tauris Parke Paperbacks, 2010 — 380–381-bet.
- ↑ 8,0 8,1 Kuban, Doğan. Ottoman Architecture (en). Antique Collectors' Club, 2010 — 384-bet. ISBN 9781851496044.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture (en). New York: Thames & Hudson, 1971 — 351-bet. ISBN 0500274290.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: The Classic Guide to the City, Revised (en), Tauris Parke Paperbacks, 2010 — 380–381-bet.
- ↑ 11,0 11,1 Erol. „ÇİNİLİ CAMİ KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi (1993). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ 12,0 12,1 Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: The Classic Guide to the City, Revised (en), Tauris Parke Paperbacks, 2010 — 380–381-bet.
- ↑ 13,0 13,1 Erol. „ÇİNİLİ CAMİ KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi (1993). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ Kuban, Doğan. Ottoman Architecture (en). Antique Collectors' Club, 2010 — 384-bet. ISBN 9781851496044.
- ↑ 15,0 15,1 Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture (en). New York: Thames & Hudson, 1971 — 351-bet. ISBN 0500274290.