JUST IN: Santo Domingo | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Santo Domingodan yoʻnaltirildi)

Santo-domingo (1936-1961-yillarda SyudadTruxilo deb nomlangan) — Dominikana Respublikasi poytaxti. Gaiti orolining janubi-sharqiy qismida, Karib dengizi sohilida joylashgan. Iqlimi - tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Aholisi - 1,6 mln. kishi (1990-yillaroʻrtalari). Mamlakatning asosiy porti; chetga shakarqand, koʻnteri, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. 3 yirik shosse yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm markazi. Santo-domingo — yevropaliklar tomonidan asos solingan Gʻarbiy yarim shardagi qad. shaharlardan. Shahar X. Kolumbning ukasi B. Kolumb tomonidan kurila boshlagan va Yangi Izabella deb nomlangan. 1844-yildan Dominikana Respublikasi poytaxti. 1916—24 yillarda AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qilib turgan. 1930-yilda Santo Domingo kuchli dovul natijasida vayron boʻlgan. 1936-yilgacha qayta tiklangan. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qasr-saroy, Xristofor Kolumb dafn qilingan sobor, monastirlar va hokazolar saqlangan. Santo Domingoda muxtor universitet, milliy universitet, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, milliy muzey, Nafis sanʼat maktabi va galereyasi, teatr, mehmonxonalar bor[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil