NEW: Para - What You Need To Know
| |||
| Braziliya shtati | |||
|---|---|---|---|
| Tegishli | Shimoliy hudud | ||
| Maʼmuriy markazi | Belen | ||
| Aholi (2010) | 7 581 051 kishi | ||
| Zichligi | 6,07 kishi./km² | ||
| Maydoni | 1 247 950,0 km² (2-oʻrin) | ||
| Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
| Kod ISO 3166-2 | BR-PA | ||
| Rasmiy sayti | http://www.pa.gov.br | ||
| Xaritada | |||
|
| |||
|
| |||
| 5°40′0″S 52°44′0″W / 5.66667°S 52.73333°W | |||
Para — Braziliyaning shim. qismidagi shtat. Maydoni 1253 ming km². Aholisi 6,1 mln. kishi (2000), asosan, metislar (mahalliy nomi — kaboklu). Maʼmuriy markazi — Belen shahri, boshqa yirik shahri — Santaren. Shtat sharqiy Amazoniyada joylashgan, shim. va jan.dan Gviana tizmalari va Braziliya yassitogʻligi oʻrab turadi. Iqlimi ekvatorial, nam va issiq iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 1500–2500 mm. Asosiy daryolari: Amazonka va uning irmoqlari. Nam ekvatorial oʻrmonlar, shimolida savan-nalar bor.
Para — mamlakatning yirik, birok, aholisi siyrak shtatlaridan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari — oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi Oʻrmondan brazil yongʻogʻi, kauchuk yigʻiladi, yogʻoch tayyorlanadi. Amazonka havzasida dehqonchilik rivojlangan. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: jut, sholi, maniok, shakarqamish, kakao, banan, ananas, paxta, tamaki. Chorvachilikda qoramol boqiladi. Sohillarda baliq ovlanadi. Sanoati oʻrmon va qishloq xoʻjaligi xom ashyolarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kon sanoati rivojlangan. Temir va marganets rudalari, oltin, olmos, togʻ xrustali, boksit konlari topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |